+18. Fojia! Ayol va uning 3 nafar nabirasi tiriklay yonib ketdi

+18. Fojia! Ayol va uning 3 nafar nabirasi tiriklay yonib ketdi

Nijniy Novgorod viloyati, Yagodnaya qishlog‘ida joylashgan uylardan birida yong‘in yuz berdi. Oqibatda uch nafar bola va bir nafar yoshi katta ayol halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya FVV mintaqaviy bo‘limi xabar qildi, deb yozadi “TASS”.

Viloyat Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 60 yoshli ayol va uning 11, 5 va 2 yoshli uch nabirasi vafot etgan.

Yong‘in haqida 30 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da xabar kelgan. Halok bo‘lganlarning jasadlari soat 10:45da topilgan. Yong‘in maydoni 54 kvadrat metrni tashkil etdi. Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 109-moddasi 3-qismi ("Ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lish") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!