+18. 32 yoshli erkak o‘z onasini vahshiylarcha o‘ldirdi

+18. 32 yoshli erkak o‘z onasini vahshiylarcha o‘ldirdi

Saratov viloyatida zo‘ravonlik belgilari bo‘lgan 68 yoshli ayolning jasadini topdilar. Rossiya Tergov idorasining mintaqadagi ma’lumotiga ko‘ra, uning o‘g‘li qotil bo‘lib chiqdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 32 yoshli ilgari sudlangan erkak onasi bilan birga yashagan. U bilan janjallashib qolgach, erkak g‘azab ostida onasini mushtlari bilan bir necha marta urdi, so‘ng sochni mahkam changallab, kafti bilan boshiga qayta-qayta zarba berdi. Natijada ayol polga yiqilib o‘ldi.

Keyin erkakning o‘zi shifokorlar va polisiyani chaqirdi, ammo dastlab jinoyatga aloqadorligini rad etdi. So‘ng hamma narsani tan olgach, hibsga olindi. Ayni damda tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!