13 yoshli bolaning polisiya tomonidan o‘qqa tutilgani aytilmoqda

13 yoshli bolaning polisiya tomonidan  o‘qqa tutilgani aytilmoqda

AQShda Yuta shtati Solt-Leyk-Siti polisiyasi 13 yoshli bolani o‘qqa tutganligi aks etgan video tarqaldi.

Bu haqda Fox 13 telekanalining mahalliy bo‘limi xabar bermoqda, deb ma’lum qildi "hudud24.uz".

Kadrlarda voyaga yetmagan gumondorni ta’qib qilgan polisiya undan qo‘llarini ko‘tarib, yerga yotishini talab qilgani aks etgan. Bola ikkilanib turganda, birdan ofiserlardan biri unga qarata 10 dan ortiq o‘q otgan. Jabrlanuvchi omon qolishga muvaffaq bo‘ldi, ammo u ichki organlar va suyaklardan ko‘plab jarohatlar oldi.

Mamlakat OAVlari xabarlariga ko‘ra, o‘spirinning onasi uni tibbiy muassasaga borishga ko‘ndirish uchun polisiyani chaqirgan. Biroq bola qochib ketgan. Bolaning «qurol bilan tahdid qilishi mumkinligi» haqida ilgari xabar berilgani sababli polisiya qattiq protokol asosida ish yuritgan.

Ba’zi xabarlarga ko‘ra, bolaning qo‘lidagi qurol o‘yinchoq bo‘lgan va hibsga olingan paytda uning yonida bo‘lmagan, ammo zobitlar bola qurollangan kabi harakat qilganligini ta’kidlashmoqda.

Avvalroq sentyabr oyi boshida Meksikaning Tixuana shahrida polisiya va jinoyatchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan otishmada yaqin atrofda o‘ynayotgan olti yoshli bola halok bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!