12 yoshli Asalxon Yusupova "Jumeirah Sounds" xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi

12 yoshli Asalxon Yusupova "Jumeirah Sounds" xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi

Reyngold Morisevich Glier nomidagi Respublika musiqaga ixtisoslashtirilgan akademik liseyining 12 yoshli o‘quvchisi Asalxon Yusupova skripka ijrosi bo‘yicha Dubayda o‘tkazilgan Bolalar va o‘smirlar Xalqaro musiqa ijrochilarining tanlovi "Jumeirah Sounds"ning gran-prisiga ega bo‘ldi.

Tanlov olti yoshdan yigirma yoshgacha bo‘lgan ijodkorlar o‘rtasida o‘tkazilib, unda xonandalar, xor, xoreograf, dizayner, rassomlar ishtirok etishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tanlov tashkilotchilari Dubay musiqa akademiyasi va Ayman Musoxo‘jayev nomidagi Ostona musiqa akademiyasidir. Tanlov 2 noyabrdan 7 noyabrgacha bo‘lib, uning g‘oliblari 8 noyabrda e’lon qilindi.

Asal Yusupova Italiya, Fransiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonda o‘tkazilgan tanlovlarda qatnashib asosiy mukofotlarni qo‘lga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!