1 sentyabrdan boshlab nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanadi

1 sentyabrdan boshlab  nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanadi

1 sentyabrdan boshlab nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha, to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha uzaytiriladi

Bu haqda videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, 122 ming nafar “temir daftar”ga kirgan oila farzandlari, shuningdek 370 ming nafar boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bo‘lgan bolalarga maktabga chiqishi uchun 500 ming so‘mdan beriladi.

Vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalar ham oliygohlarga kirishda Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotadan foydalanadilar.

To‘rtinchidan, Mehribonlik uylari bitiruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi yanada takomillashtiriladi.

Jumladan, 18 yoshga to‘lgan, uy-joyga muhtoj yetim bolalarga yangi qurilgan uy-joylar bepul ajratiladi.

Buning uchun, 757 nafar bolaga uy-joy sotib olishga joriy yilda byudjetdan 120 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Viloyat hokimlari 1 oktyabrga qadar 757 nafar yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlasin.

Etim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan iqtidorli talabalar stipendiyasi 50 foizga oshiriladi.

«Shuningdek, ota-onasidan ajragan talabalarga pensiya to‘lash muddatini amaldagi 18 yoshdan 23 yoshgacha uzaytirsak, o‘ylaymanki, bu ham adolatdan bo‘ladi.

Ushbu talabalarga zarur adabiyotlar sotib olish uchun har yili bir marta 1,2 million so‘m subsidiya beriladi», — Prezident so‘zlaridan iqtibos keltiradi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/418) uning Matbuot kotibi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!