1 dekabrdan kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi

1 dekabrdan kompyuter o‘yinlari  markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, shu yilning 1 dekabridan yurtimizda elektron sportni yanada rivojlantirish maqsadida kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi.

Bunda kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatida quyidagi sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat’iy rioya qilinishi belgilab qo‘yildi:

•fukarolarni alohida, bir-biridan ajratilgan holda, stollar oralig‘ida ijtimoiy masofani ta’minlagan holda joylashtirish;

•xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi;

•har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda ob’ektga kiritmaslik choralarini ko‘rish;

•har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash kabi qator sanitariya talablariga rioya qilinishi belgilab qo‘yildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!