Livan va Isroil o‘rtasidagi vaziyat "yonib" bormoqda

 Livan va Isroil o‘rtasidagi vaziyat "yonib" bormoqda

▪️Livan Hizbulloh harakati Isroil fuqarolarini yahudiy davlatining xavfli hududlaridan «Qiryat Shmondan Hayfaga» evakuasiya qilish zarurligi haqida ogohlantirdi. «Siz [xaritada] yashil rang bilan belgilangan vaqtinchalik xavfsiz zonalarga (Tel-Aviv yoki Eylat) evakuasiya qilishingiz kerak», deyiladi Livan harakati o‘z murojaatida.

▪️So‘nggi 24 soat ichida Livandagi havo hujumlari Isroil harbiy-havo kuchlari tarixidagi eng yirik hujumga aylandi, deya xabar beradi Isroil armiyasining yuqori martabali zobiti. Isroilga ko‘ra, Livan janubida Hizbullohning 1600 dan ortiq nishonlari, asosan qurol-yarog‘lar saqlangan turar-joy binolari zarbaga uchragan.

▪️Bugun Hizbulloh Isroil shimoliga 100 dan ortiq raketa uchirdi, Kiryat Shmona shahridagi bir nechta binolarga zarba berdi va u yerda yong‘inlarga sabab bo‘ldi.

▪️Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant bugun Isroil Hizbullohga qarshi yana ham ko‘proq «zarbalar» tayyorlanayotganini aytdi: «Bizda yana bir nechta zarbalar tayyor, nima qilishni bilamiz». Bu e’lon Livan hududlarini bosib olishga taqlid qilib, Livanga potensial quruqlikdan hujum qilish bo‘yicha so‘nggi mashqlar paytida e’lon qilindi.

▪️Bugun kechqurun Livanning uchta uchuvchisiz samolyoti Hayfa janubidagi Isroilning Karmel shahrida sirenalarni ishga tushirdi, deya xabar beradi Isroil armiyasi matbuot xizmati. Hizbulloh Hayfa janubidagi Isroil harbiy-dengiz bazasiga uchuvchisiz samolyotlarni urganini da’vo qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!