Rossiya Yaman husiylari bilan kemalarga qarshi raketalar yetkazib berish bo‘yicha yashirin muzokaralar olib bormoqda

 Rossiya Yaman husiylari bilan kemalarga qarshi raketalar yetkazib berish bo‘yicha yashirin muzokaralar olib bormoqda

Rossiya Yaman husiylari bilan kemalarga qarshi raketalar yetkazib berish bo‘yicha yashirin muzokaralar olib bormoqda. Eron muzokaralarda vositachi sifatida ishtirok etayapti.

Agentlik suhbatdoshlaridan biri P-800 “Oniks” raketalarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar may oyida vertolyot halokatida halok bo‘lgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy davrida boshlanganini bildirdi.

Ikki mintaqaviy rasmiyning aytishicha, Rossiya va husiylar vakillari bu yil Tehronda kamida ikki marta uchrashgan, kelgusi haftalarda yana uchrashuvlar tashkillashtirilishi kutilmoqda.

Taxminan 300 kilometr masofaga ucha oladigan P-800 “Oniks” raketalari husiylarga Qizil dengizdagi tijorat kemalariga aniqroq zarba berish imkonini beradi va ularni himoya qilayotgan AQSh va Yevropa harbiy kemalariga tahdidni oshiradi. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, ilgari Rossiya xuddi shunday raketalarni “Hizbulloh”ga yetkazib bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!