Olimlar inson o‘limi sanasini oldindan aytib beradigan “soat” yaratdi

Olimlar inson o‘limi sanasini oldindan aytib beradigan “soat” yaratdi

San Fransiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari sun’iy intellektga asoslangan, inson o‘limi sanasini aniqlashga yordam beruvchi ilovani yaratdi. Ishlanma Death Clock — o‘lim soati deb nomlandi. Bu haqda New York Post xabar berdi.

Yaratuvchilar o‘z ishlanmalarini “sun’iy intellektga asoslangan uzoq umr ko‘rish ilovasi” deb atamoqda. Foydalanishni boshlashdan oldin dastur maxsus so‘rovnomalar yordamida foydalanuvchining sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi. Vazn, qondagi qand miqdori, qon bosimi, uyqu sifati, jismoniy faollik, zararli odatlarning mavjudligi, ovqatlanish va hayot davomiyligiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar inobatga olinadi.

Bundan tashqari, taxminiy o‘lim sanasini hisoblashda insonning ijtimoiy hayoti va ruhiy holati baholanadi. Ilova foydalanuvchi muloqotga qancha vaqt sarflashi va ma’lum bir vaqtda qaysi kayfiyat ustunlik qilishini tahlil qiladi.

“O‘lim soati” insonning vafot etish sanasini kunigacha aniqlikda ko‘rsatadi. Bundan tashqari, dastur biologik yoshni ham aks ettiradi va umrni uzaytirish uchun rag‘batlantiruvchi vositalar, mashq turlari, qo‘shimcha moddalar bo‘yicha tavsiyalar beradi, deyiladi xabarda.

Death Clock odamlarni hayot tarzini o‘zgartirishga va sog‘liqqa zarar yetkazuvchi odatlardan voz kechishga undashi mumkin. Bunda rag‘batlantiruvchi ta’sir o‘lim sanasining “vahimali yaqinligi”ga asoslanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!