Mbappe kechagi o‘yinda jarohat olgan

Mbappe kechagi o‘yinda jarohat olgan

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 7-turida “Real” “Alaves” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda gol muallifiga aylangan Kilian Mbappe 80-daqiqada zaxiraga olindi.

Jurnalist Xose Luis Sanchesning ma’lum qilishicha, Kilian chap sonida noqulaylik his qilgan. Futbolchi 25 yoki 26 sentyabr kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng futbolchining ahvoli haqida aniq ma’lumot beriladi

25 yoshli fransuz “Real”ga o‘tganidan so‘ng 9 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta golga mualliflik qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!