“Zevarda” konida kunlik 120 ming kub metr tabiiy gaz va 0,02 tonna gaz kondensati olinadigan quduq ochildi

“Zevarda” konida kunlik 120 ming kub metr tabiiy gaz va 0,02 tonna gaz kondensati olinadigan quduq ochildi

Konlarda tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish, uglevodorodlar zaxirasini oshirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, quduqlarda kapital ta’mirlash ishlarini bajarish barobarida, yangi quduqlar burg‘ilanib, tugatilgan quduqlar majmuasida turganlari esa qayta ta’mirlanib ishga qo‘shilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Zevarda” gazkondensat konidagi 325-sonli quduqda burg‘ilash ishlari tugatilib, 2584-2800 metr oraliqqa filtr tushirildi.

Quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, kunlik 120 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 0,02 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: "Zevarda" koni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida joylashgan bo‘lib 1979 yildan buyon ishlatilib kelinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!