Zelenskiyning idorasida ham koronavirus tarqalmoqda

Zelenskiyning idorasida ham koronavirus tarqalmoqda

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning idorasida koronavirusning tarqalishi qayd etildi. Bu haqda manbalarga tayanib "Strana.ua" xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, koronavirus Davlat gvardiyasida ham tarqalmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, vaqtincha ishg‘ol qilingan hududlarni reintegrasiya qilish bo‘yicha vazir Aleksey Reznikov koronavirus bilan kasallangan. Shuningdek, Prezidentning maslahatchisi Ruslan Demchenkoning virus yuqtirgani haqida xabar berilgan. Ushbu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.

Avvalroq Zelenskiyning rafiqasi Yelena Zelenskayaning koronavirusga chalingani haqida xabar berilgan edi. Hozir u ambulatoriya sharoitida davolanmoqda, u boshqa oila a’zolaridan ajratilgan.

Ukraina rahbari va uning bolalari sinovdan o‘tdi, natijalari manfiy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!