Yurak nimani yomon ko‘radi?

Yurak nimani yomon ko‘radi?

ASABIYLASHISH. Barcha muammolarni yurakka yaqin olasiz, hissiyotlaringizni jilovlashingiz qiyinmi? Ish deganda dam olishni unutasizmi? Albatta, ko‘ngilchanlik yaxshi fazilat. Ammo bu fazilatingiz o‘zingizga pand berib, yuragingizni xafa qilib qo‘ymasin.

SEMIZLIK. Ortiqcha vaznni nima qilasiz? Imkon boricha vazningizni nazorat qiling. Semizlik, ortiqcha vazndan yurak azob chekadi. Shuning uchun ham semiz kishilarda infarkt boshqalarga qaraganda 4 barobar ko‘proq uchrashi qayd etilgan.

TAMAKI CHEKISH. Sigaretani huzur qilib tortayotgan mahal organizmda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi: qon tomirlaringiz torayib, yurak urishi 10 martagacha tezlashadi, organizm kerakli S vitaminidan judo bo‘ladi. Natijada qon tomirlar bo‘shashib, yurak ham muddatdan avval «qariydi». Nafas yo‘liga tushgan nikotin tananing kislorodga bo‘lgan ehtiyojini yanada oshiradi. Bu esa arteriyalarda tiqilma (tromb) hosil bo‘lishiga olib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!