Yo‘lovchi umriga zomin bo‘lib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

Yo‘lovchi umriga zomin bo‘lib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

4 iyul kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani «Istiqlol» MFY hududidan o‘tuvchi «Yangiturmush-Nurota» avtomobil yo‘lining 28-km.da haydab ketayotib yo‘lning qatnov qismida mast holda yotgan «Istiqlol» MFYda yashagan F.X.ni bosib, unga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatmay voqea joyidan qochib ketgan.

Natijada F.X. olgan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchi shaxsini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

«Hurmatli fuqarolar, orangizda kimdir ushbu holat yuzasidan biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishlari so‘raymiz», deyiladi IIV xabarida.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!