Yulduz Usmonova xodimiga o‘z hisobidan to‘y qilib berdi (+Video)

Yulduz Usmonova xodimiga o‘z hisobidan to‘y qilib berdi (+Video)

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘z hisobidan to‘y qilib bergani aytilmoqda. Internetda to‘ydan olingan lavhalar tarqaldi. 

Ma’lum bo‘lishicha, u o‘zining xodimiga to‘y qilib bergan. To‘yda Usmonova so‘zga chiqib ikki yoshga uy olib berganini aytgan. Shuningdek, kuyovga kelinni ham aynan o‘zi tanlaganini, sovchilikka o‘ziga borganini ma’lum qilgan. Kelindan Usmonova qaysi xonandalar yoqishini so‘raganini, agar kelin kalta kiyim kiyadigan xonandalarni aytganida uni olib bermasligini ham aytib o‘tgan. To‘yga estradaning yorqin yulduzlari kelgan. Yulduz Usmonova "kelin salom"ga barchani uyiga borishga taklif etgan.

Quyida videolavhani havola etamiz. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!