YTH oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar so‘nggi manzilga kuzatildi

YTH oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar so‘nggi manzilga kuzatildi

2019 yil 20 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Jambul viloyati Korday tumani Olmaota Toshkent avtomobil yo‘lining 181-kilometrida yo‘nalishdagi avtobus harakatlanib kelayotganda boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir etilgani hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 3 nafari vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Kecha ertalab marhuma Dilorom Yermekbayeva Quyichirchiq tumani Qo‘shiq mahallasidagi qabristonga, marhumlar O‘rinboy Abduxalikov va Alisher Kalmuradov peshinda Ohangaron tumani Yangi hayot mahallasi qabristoniga dafn etildi.

Marhumlarning oxirati obod bo‘lsin. Yaqinlariga sabr tilaymiz.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!