YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi janjalga oydinlik kiritildi

YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi janjalga oydinlik kiritildi

Joriy yilning 25 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda “GAI xodimi va shopir o‘rtasidagi janjal” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Video lavha o‘rganilganda, joriy yilning 25 yanvar kuni belgilangan taqsimot asosida Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Chorshanbe qo‘rg‘onida xizmat olib borgan YPX xodimlari B.Xo‘jaqulov va X.Yo‘ldoshevlar tomonidan soat 12:10larda, ushbu hududdda joylashgan tibbiyot birlashmasi binosi ro‘parasida harakatlanib kelgan, davlat raqam belgisi bo‘lmagan “Kobalt” rusumli avtomobil to‘xtatilgan.

YPX xodimi me’yoriy hujjatlarini so‘ragan vaqtida, haydovchi hujjatlari yo‘qligini ma’lum qilgan.

YPX xodimi belgilangan tartibda chora ko‘rishi zarurligini aytgan vaqtida haydovchi xodimlarga qarshilik ko‘rsatgan va o‘zaro tortishuv sabab atrofda fuqarolar to‘planishiga sabab bo‘lgan.

Haydovchi qarshilik ko‘rsatishda davom etib, avtomobilda voqea joyidan ketib qolgan.

YPX xodimi belgilangan tartibga ko‘ra, YHXB boshlig‘i nomiga bildirgi orqali murojaat qilgan. Bildirgi asosida surishtiruv ishlari olib borilib, haydovchi aniqlangan va unga nisbatan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudiga yuborilgan.

Sud tomonidan haydovchi O.X. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 194-moddasi 1-qismi va 195-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deya topilib, 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!