YouTube "bog‘langan ko‘zlar" fleshmobidan keyin xatarli videolarni yo‘qotishga ahd qildi

YouTube "bog‘langan ko‘zlar" fleshmobidan keyin xatarli videolarni yo‘qotishga ahd qildi

Dunyodagi eng mashhur YouTube videoxostingi ayni vaqtda ommalashib ketgan ko‘zi bog‘langan odamlar ishtirokidagi videoyozuvlar bilan bog‘liq shov-shuvlar fonida xavfli tryuklar va hazil-o‘yinlarni ta’qiqlashini e’lon qildi.

Ko‘zlari bog‘langan odamlar ishtirokidagi fleshmoblar Netflix tomonidan suratga olingan Sandra Ballok ishtirokidagi Qush qutisi filmidan keyin ommaviy tus olgan. Filmda oxirzamondan keyingi kelajak tasvirlangan bo‘lib, bunda odamlar barcha harakatlarni bog‘langan ko‘zlar bilan bajaradilar, aks holda ular o‘limga yuz tutadi.

Mana shundan so‘ng film fanatlari o‘zlarini va boshqalarni bog‘langan ko‘zlar yordamida turli mashg‘ulotlarni bajarish ustida tasvirga ola boshladilar. Ular orasida ko‘zi yumuq holatda 24 soatni o‘tkazganlari ham bo‘ldi. Hatto virus-video olish istagida ko‘zlarini yumib avtomobil boshqargan haydovchilar ishtirokida avariyalar sodir etilgan holatlar bo‘lgan.

Biz qurbonlar o‘z xavfsizligi uchun havotir olishga majbur bo‘ladigan hazil-o‘yinlarga ruxsat bermaymiz, shuningdek, bolalar va ruhiyati nozik boshqa odamlarga ham jiddiy emosional stress o‘tkazadigan hazillarga yo‘l qo‘ymaymiz , - deb xabar qilgan YouTube ma’muriyati. Ayol talonchilar ko‘rinishida odamlarga o‘t ochgan hazil-video mualliflarini misol tariqasida keltirib o‘tgan. Shuningdek, o‘ziga shikast yetkazayotgan yoxud o‘z hayoti va sog‘lig‘ini xatarga qo‘yayotgan odamlar tasvirlangan videolar ham o‘chirilishi aytilmoqda.

YouTube bayonotiga ko‘ra, ta’qiq amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan mezonlarni aniqlashtirish uchun bolalar psixologlari jalb etiladi.

Videoxostingning ma’lum qilishicha, ushbu mezonlarga mos keladigan videolarga ular mazmunini baholash uchun ikki oylik imtiyozli muddat beriladi va shundan so‘ng ular to‘liq yo‘qotiladi.

Servis o‘z platformasi turli xatarli tryuklarga to‘la videolar bilan to‘lib-toshgan bir sharoitda o‘z siyosatini qay tarzda amalga oshirishini aytmagan. Bu kabi muammolar Qush qutisi ga qadar ham mavjud edi. Misol uchun, so‘nggi yillar davomida o‘nlab odamlar qaltis vaziyatlarda selfi suratga olishga harakat qilib, halok bo‘lgan.

Bu orada Netflix Qush qutisi ( Ptichiy korob ) filmini bir oy ichida 80 million uy xo‘jaligi ko‘rishganini ma’lum qilgan. Bu hatto gollivud blokbasterlari uchun ham juda yirik raqamdir. Misol uchun, Akvamen kartinasi prokatda xuddi shu vaqt mobaynida 287 million dollar to‘plagan. Chipta bahosi o‘rtacha 8 dollardan sal pastligini inobatga oladigan bo‘lsak, 2017 yilda bu taxminan 32 million individual tomoshabinni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!