Yoshlar Ittifoqi haddidan oshdi: uzun kortej va harakatlanayotgan mashinadan beligacha chiqib olgan yoshlar

Yoshlar Ittifoqi haddidan oshdi: uzun kortej va harakatlanayotgan mashinadan beligacha chiqib olgan yoshlar

Kecha 30 iyun Yoshlar kuni bayrami O‘zbekistonda ilk bor nishonlandi.  O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi ham bir yoshga to‘lganini nishonladi.

Bayramdan keyin Facebook ijtimoiy tarmog‘ida samarqandlik Saydali Axtamov nomli fuqaro videolavhani tanqidiy izoh bilan joylashtirdi. Ushbu videolavha Yoshlar Ittifoqi vakillarining bayramni uzun kortej bilan nishonlagani va yoshlarning  harakatlanayotgan mashinadan beligacha chiqib olgani aks etgan. Video Facebookda joylashtirilganidan keyin uning ostiga ko‘plab salbiy izohlar qoldirildi. Ularning asosiylari: ushbu kortej, boshqa har qanday kortej kabi, yo‘l harakatiga xalal berganini, ikkinchidan, harakatlanayotgan mashinadan beligacha chiqib olgan yoshlar – Yo‘l-harakati xavfsizligi qoidalarini buzayotgani va uchinchidan — davlat mablag‘lari befoyda sarflangani haqida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!