Yolg‘iz sayohat uchun eng ma’qul 10 ta mamlakat

Yolg‘iz sayohat uchun eng ma’qul 10 ta mamlakat

“Hypebae” portali tomonidan yolg‘iz turistlar uchun eng yaxshi turistik yo‘nalishlar aniqlangan. Ularning reytingida birinchi o‘rin Xorvatiyaga tegishli. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda – Peru (Machu-Pikchu shahri) va Malta oroli.

“Yolg‘iz sayohat qilish, aslida, kim ekaningizni bilishingizga yordam beradi. Bundan tashqari, turli mamlakatlar madaniyati, shuningdek, milliy oshxonasini o‘zingiz uchun kashf qilishingiz mumkin”, deyiladi maqolada.

Ro‘yxat yetakchisi Xorvatiya o‘zining plyajlari, bog‘lari, qadimiy yodgorliklari, shuningdek, go‘zal, shinam va unchalik shovqinli bo‘lmagan, yolg‘izlikdan bahramand bo‘lish mumkin bo‘lgan shaharlari bilan mashhur. “Albatta, Rovinga tashrif buyuring, qal’a-shaharni o‘rganing”, deya maslahat beradi reyting mualliflari.

Ular, shuningdek, Peruga borishni taklif qiladi. Bunda And tog‘larining eng yuqori nuqtasida joylashgan inklarning qadimiy shahri Machu-Pikchu hududiga tashrif buyurish lozim. U YUNESKO Butunjahon merosining obekti hisoblanadi.

Reytingning “Top-3”ligiga kirgan Malta – Italiya yaqinidagi g‘alati Yevropa oroli hisoblanadi. Ijaraga olingan avtomobil yoki mahalliy transportda uncha katta bo‘lmagan orolni mustaqil aylanish mumkin.

Yolg‘iz sayohatchilarning sevimli joylari o‘ntaligiga Bali, Shveysariya, Italiya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Islandiya va Gongkong kirdi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!