Yirtiq krossovka mashhur brend aksiyalari narxini tushirib yubordi

Yirtiq krossovka mashhur brend aksiyalari narxini tushirib yubordi

AQShning Dyuk Blyu Devilz va Shimoliy Karolina Tar Xilz basketbol jamoalari o‘rtasidagi bahsning 33-soniyasida g‘alati hodisa ro‘y berdi.

O‘yinning ushbu vaqtida Dyuk Blyu Devilz vakili Sion Uilyamson parketda sirpanib, yiqilib tushdi. Oqibatda u kiyib olgan Nike krossovkalaridan biri yirtilib ketgan. Sportchining o‘zi esa tizzasidan jarohat olgan.

Ushbu bellashuvni AQShning sobiq Prezidenti Barak Obama tribunadagi muxlislar qatorida tomosha qilayotgan edi.

Jarohat olgan basketbolchi o‘yinni davom ettira olmay, maydonni tark etdi va uning jamoasi 72-88 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Mazkur voqea Uilyamsonga jarohat yetkazishi barobarida, Dyuk Blyu Devilz jamoasini eksklyuziv formalar bilan ta’minlaydigan Nike kompaniyasining aksiyalari narxini ham 1,5 foiz pasaytirib yuborgan.

Ma’lumot uchun, klub va kompaniya o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi 12 yilga tuzilgan.

Biz mahsulotlarimiz sifatiga asosiy e’tiborimizni qaratamiz. Garchi bu yagona holat bo‘lsa-da, ushbu muammoni aniqlash ustida ish olib boramiz , deya vaziyatga izoh bergan Nike rahbariyati.

Buning natijasida Nyu-York birjasida Nike ning asosiy raqobatchilari bo‘lgan Adidas va Puma aksiyalari narxi mos ravishda 0,15 hamda 1,63 foiz qimmatlashgan.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!