Yirik o‘g‘rilik! 30 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘itini "o‘zlashtirgan" kim?

Yirik o‘g‘rilik! 30 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘itini "o‘zlashtirgan" kim?

2019 yil 12 mart kuni Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida yashovchi D.R. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 11 martga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Jizzaxagrokimyohimoya AJ filialiga qarashli 2-sonli omborxonasidan 30 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘itini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Do‘stlik mahallasida yashovchi SH.S. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Daliliy ashyo sifatida 750 kg. ammiakli selitra mineral o‘g‘iti olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!