Yilning eng mashhur sportchilari aniqlandi

Yilning eng mashhur sportchilari aniqlandi

UFC`ning engil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmuhamedov ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama qilinadigan sportchiga aylandi. Bu haqda Lenta.ru xabar bermoqda.

Bu xulosaga 2019 yilgi ijtimoiy tarmoqlar vakillari, nashrlar va foydalanuvchilar izohlarini tahlil qilingandan so‘ng kelindi. Ta’kidlanganishicha, Nurmuhamedov va Dastin Porye o‘rtasidagi jang Odnaklassniki`da olti million kishi tomonidan muhokama qilinib, 12 million “prosmotr” to‘plagan, deydi "qalampir.uz".

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni o‘tgan yil so‘ngida Moskvada janjal uyushtirgani uchun sudlangan va shu yil sportga qaytgan futbolchilar Pavel Mamayev va Aleksandr Kokorin egalladi. Kuchli beshlikka Lionel Messi va xokkeychi Aleksandr Ovechkin ham kirdi.

Yilning eng yaxshi sportchilarining o‘ntaligiga futbolchilar Krishtianu Ronaldu va Artyom Dzyuba, figurali uchuvchi Alina Zagitova, aralash yakkakurash (MMA) Fyodor Yemelyanenko va figurali uchuvchi Evgeniya Medvedeva kirdi.

Odnaklassniki`da sport klublaridan “Spartak” eng ko‘p eslab o‘tilgan. Undan keyin “Real”, “Lokomotiv”, “Barselona”, “Arsenal”, “Zenit”, “Dinamo”, SSKA, “Chelsi”, “Yuventus” kabi klublar bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!