Yil boshida milliarder sevgilisi bilan ajrashgan xonanda yangi oshiq topganga o‘xshaydi... (foto)

Yil boshida milliarder sevgilisi bilan ajrashgan xonanda yangi oshiq topganga o‘xshaydi... (foto)

Taniqli xonanda Rianna mashhur reper A$AP Rocky bilan ishqiy munosabatlarda, deb yozmoqda “People”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, juftlik yil boshidan buyon birga.

"Rianna uzoq yillik do‘sti, reper A$AP Rocky bilan haqiqatan ham uchrashmoqda", - deya ma’lum qilgan manba.

Yil boshida milliarder sevgilisi bilan ajrashgan xonanda yangi oshiq topganga o‘xshaydi... (foto)

Ma’lumot o‘rnida, Rianna va A$AP Rocky'ning ehtimoliy munosabatlari haqida 2013 yilning boshida ham ma’lum qilingan, ammo o‘sha paytda reper barcha mish-mishlarni rad etgandi.

Ta’kidlash joiz, Rianna 2020 yil boshida saudiyalik milliarder Hasan Jamil bilan munosabatlarni uzgandi. Juftlikning ajralish sabablari esa noma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!