Yens Stoltenberg: “NATO Xitoy tahdidiga qarshi kurashga tayyor“

Yens Stoltenberg: “NATO Xitoy tahdidiga qarshi kurashga tayyor“

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansning Xitoy tahdidiga qarshi kurashga shayligi bo‘yicha bayonot berib, bu alyans uchun mutlaqo yangi vazifa ekanini ta’kidladi.

Londondagi sammit oldidan u: “NATO janubiy Xitoy dengizi tegrasiga joylashmoqchi emas, lekin Xitoyga, jumladan uning kibertahdidiga qarshi tayyor turish kerak. Shu paytgacha vazifamiz Rossiyaga nisbatan bo‘lgan, alyans uchun bu mutlaqo yangi vazifa”, deb ta’kidladi.

TASS uning so‘zlaridan iqtibos olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!