Yaponiyalik g‘avvos 25 yildan beri yaqin do‘stini yo‘qlab turadi

Yaponiyalik g‘avvos 25 yildan beri yaqin do‘stini yo‘qlab turadi

Yaponiyalik dayver (g‘avvos) o‘zi o‘limdan saqlab qolgan baliq bilan do‘stlashdi va 25 yil davomida u bilan deyarli har kuni ko‘rishib turadi.

Ba’zi internet foydalanuvchilari uning do‘sti dahshatli ko‘rinishga ega, deb o‘ylashlariga qaramay, akvalangchi “biz do‘stim bilan bir-birimizni mukammal tushunamiz”, deya da’vo qiladi. Hatto baliq uning yuzini tanishini va hatto o‘zini silashga imkon berishini aytadi.

Yaponiyaning Tateyama shahri qirg‘og‘idagi suv osti parkida ishlaydigan g‘avvos Xiruoka Arakava 79 yoshda bo‘lishiga qaramay, u do‘sti bilan vaqt o‘tkazish uchun har kuni suv ostiga tushadi.

Bu do‘stlik Xiruoka baliqni o‘zi ishlaydigan suv osti parki darvozasi ostidan topgach boshlandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, baliq juda zaif edi, u hatto o‘ziga ovqat topishni eplolmasdi. Erkak uni 10 kun davomida qisqichbaqachalar bilan boqdi va jonzot kuchini tiklab oldi. Shu vaqt davomida dayver baliqqa shunchalik bog‘lanib qoldiki, keyinchalik muntazam ravishda undan xabar olishni boshladi.

“O‘ylashimcha, uni qutqarganimni va jarohat olganida yordam berganimni biladi”, deydi Xiruoka.

Bu hali ilmiy jihatdan isbotlamangan bo‘lsa-da, olimlarning fikriga ko‘ra, ba’zi baliq turlari odamlarning yuzlarini ajrata oladi.

“Osiyo qalinlabli qo‘ykalla balig‘ining peshonasi va iyagida sharsimon shishlar borligi tufayli uni okeandagi eng jozibali jonzot deb atash qiyin. Ammo uning tumshug‘i yaqinlashsa, odam yuziga juda o‘xshaydi, agar siz hayvonga e’tibor bersangiz, u tanishlaringizdan birini eslatadi”, deydi Xiruoki.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!