Yaponiyada ofat: O‘zbekiston fuqarolari jabrlandimi? (VIDEO)

Yaponiyada ofat: O‘zbekiston fuqarolari jabrlandimi? (VIDEO)

Yaponiyadagi kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda “Dunyo” AA mamlakatning Yaponiyadagi elchixonasi ma’lumotiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Kuchli yomg‘ir sabab Kumamoto va Kagosima prefekturalarida 200 mingdan oshiq odamlarni evakuasiya qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya janibiy-sharqida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 16 nafarga yetgan.

Mamlakat Milliy meteorologiya boshqarmasi daryolarning toshishi, ko‘chkilar va hududlarni suv bosishi xavfi haqida ogohlantirmoqda. Mutaxassislar ko‘ra, Kumamoto prefekturasining ba’zi tumanlarida kuniga 479,5 mm yomg‘ir yog‘di.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!