Yaponiyada kosmosda foydalanish uchun dunyodagi ilk kosmetika mahsuloti ishlab chiqarilmoqda

Yaponiyada kosmosda foydalanish uchun dunyodagi ilk kosmetika mahsuloti ishlab chiqarilmoqda

Yaponiyaning Pola Orbis kosmetika kompaniyasi mamlakatning eng yirik aviatashuvchilaridan biri bo‘lmish All Nippon Airways (ANA) bilan hamkorlikda kosmosda ham foydalansa bo‘ladigan dunyodagi ilk terini parvarish qilish uchun kosmetika mahsulotini yaratish bo‘yicha loyihani boshladi.

Bu haqda ularning qo‘shma press-relizida ma’lum qilindi.

"Aytishlaricha, yaqin kelajakda kosmosga shaxsiy sayohat qilish mumkin bo‘ladi. Bizning loyihamiz esa kosmik hayotni chiroyli hamda qulay qilishdan iboratdir. Biz tortishish kuchi nolga teng, shuningdek, juda quruq kosmik muhitda foydalanishga imkon beradigan mahsulotni ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘yamiz" , deya qayd etilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, CosmoSkin nomi berilgan mahsulot sinovlari ANA tomonidan taqdim etiladigan samolyotda amalga oshiriladi. Bunda layner bortida iloji boricha kosmosdagi kabi sharoitlar yaratiladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, kompaniyalar 2023 yilga qadar yangi kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarishni mo‘ljallamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!