Yaponiyada «korona-firibgarlik» jinoyati tarqaldi

Yaponiyada «korona-firibgarlik» jinoyati tarqaldi

Yaponiya polisiyasi yangi paydo bo‘lgan «korona-firibgarlik» jinoyatining miqyosini hisoblashga kirishdi. «Nikkey» gazetasining yozishicha, ushbu jinoyatchilik taxminan 40,28 million iyenaga (400 ming dollar atrofida) baholanmoqda.

Yaponiyaning 47 prefekturasidan 17 tasida huquq himoyachilari yangi jinoyat turi tarqalganini ta’kidlashmoqda. Mazkur jinoyat u yoki bu darajada koronavirusga aloqador bo‘lib chiqmoqda.

Mart oyining boshidan to may oyining oxirigacha 45 ta shunga o‘xshash jinoyat qayd etildi. Aksariyat hollarda firibgarlar «korona», «niqob» va boshqa so‘zlarni ishlatgan. Jinoyatchilarning qalloblik yo‘li bilan hukumat taqsimlagan kishi boshiga 100 ming iyenalik (taxminan 930 dollar) yordam pulini qo‘lga kiritishga urinish hollari ko‘paygan. Masalan, ular keksa yoshdagilarga yordam pulini rasmiylashtirib berish bahonasida ularning bank kartochkalarini qo‘lga kiritmoqdalar, deyiladi mazkur xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!