"Barselona" Lamin Yamal uchun 200 million yevrolik taklifni rad etdi

"Barselona" Lamin Yamal uchun 200 million yevrolik taklifni rad etdi

«Barselona» Lamin Yamalni sotishni rejalashtirmayapti.

Mundo Deportivo'ning yozishicha, «PSJ» 16 yoshli vinger uchun 200 million yevrodan ko‘proq taklif qilishga tayyor.

Biroq Yamalning agenti Jorje Mendesh Parijda «PSJ» rahbariyati bilan uchrashib, futbolchining «Barsa»dan ketish niyati yo‘qligini aytgan.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik futbolchining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Futbolchining Transfermarkt portalidagi narxi 75 million yevroga teng.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!