Xitoy janubidagi tornado oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Xitoy janubidagi tornado oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Xitoy janubidagi Guanchjou shahrida tornado oqibatida besh kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Xinhua xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yana 33 kishi jarohat olgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

140 dan ortiq zavod va sanoat binolari shikastlangan.

Guandun provinsiyasida ham kuchli do‘l yog‘di. Uylarning tomlari, avtomobil oynalari shikastlangan, hayvonlar jarohatlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!