Husain Norchayev: Ularga ham qarshi yaxshi taktika qilib, o‘zimizni maqsadimizga yetamiz

Husain Norchayev: Ularga ham qarshi yaxshi taktika qilib, o‘zimizni maqsadimizga yetamiz

O‘zbekiston U23 terma jamoasi hujumchisi Husayn Norchayev Indoneziyaga qarshi Osiyo kubogi yarim final bahsi haqida fikrini bildirdi.

"Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda ajoyib g‘alabaga erishdik. Bizni duo qilib turgan xalqimizga rahmat deymiz.

Indoneziyani ham o‘rganyapmiz, murabbiylar bizga o‘rgatib borishmoqda. Ularga ham qarshi yaxshi taktika qilib, o‘zimizni maqsadimizga yetamiz deb umid qilaman", - deydi Norchayev.

Ma’lumot uchun, yarimfinal bahsi 29 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!