Kichik-Kennedi Trampni prezidentlik debatiga chaqirdi

Kichik-Kennedi Trampni prezidentlik debatiga chaqirdi

Avvalroq AQSh prezidentligi saylovlarida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etish niyatini ma’lum qilgan kichik Robert Kennedi AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning o‘ziga qo‘ygan ayblovlarini rad etdi va uni prezidentlik debatini tashkil etishga taklif qildi, deb yozadi “TASS”.

"Prezident Trampning menga qarshi g‘iybati - bu amerikalik prezidentlik debatlari an’anasi orqali eng yaxshi javob beradigan yovvoyi va noaniq bayonotlar oqimi", - deb yozdi u X (sobiq Twitter).

Kichik Kennedi "eng mohir munozarachi ekanligini isbotlagan" Tramp bunday chaqiruvdan "qo‘rqmasligi kerak"ligini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!