OAV: Armanistonda bir qator harbiy xizmatchilar iste’foga chiqishga qaror qilishdi

OAV: Armanistonda bir qator harbiy xizmatchilar iste’foga chiqishga qaror qilishdi

Armanistonda shartnoma bo‘yicha bir qancha harbiy xizmatchilar iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozdilar.

Bu haqda Yerevan.today manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ular Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi chegarani delimitasiya jarayoni boshlanganidan norozi bo‘lgani uchun iste’foga chiqmoqda.

Shu bilan birga, mamlakat Mudofaa vazirligi mamlakat qurolli kuchlariga oid tasdiqlanmagan ma’lumotlarni e’lon qilmaslikka chaqirdi. Qayd etilishicha, ayrim doiralar, jumladan, ommaviy axborot vositalari ataylab dezinformasiya va yolg‘on ma’lumotlar tarqatmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!