Yaponiyada g‘ildirakli masjid tashkil etildi

Yaponiyada g‘ildirakli masjid tashkil etildi

Tokioning sport va madaniyat tadbirlarini tashkillashtiruvchi kompaniyasi 2020 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari vaqtida «g‘ildirakli» masjid tashkillashtirishni ko‘zlamoqda. Bu haqda Japan inside’ga tayanib, O‘zA xabar berdi.

«Yaponiyada masjidlar ko‘p emas, bu esa musulmonlarga noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Harakatlanuvchi masjid esa ayni muddao. Maqsad Olimpiada o‘yinlariga keluvchi musulmon mehmonlar uchun sharoit yaratishdir. Biz yaponcha «Omotenashi»ni (mehmondo‘stlik) namoyon etmoqchimiz», — deydi tashkilotchilardan bo‘lgan Yasuxari. I.

Masjidli mashinalar ichi 48 kvadrat metr maydonni tashkil etadi va u o‘ziga 50 kishini sig‘dira oladi. Mashinada tahorat olish uchun qulayliklar ham mavjud. Masjidli mashina ilk bor shu hafta J-Liga futbol o‘yinlari uchrashuvida musulmon futbol ishqibozlariga «xizmat qilgan».

Hozirda Yaponiyada 200 mingga yaqin musulmon istiqomat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!