Yangi yildan plastik paketlardan voz kechiladi

Yangi yildan plastik paketlardan voz kechiladi

2019 yilning 1 yanvaridan boshlab Janubiy Koreyaning supermarket va boshqa savdo do‘konlarida plastik paketlardan foydalanish man etiladi, bu haqida Daryo nashri Yonhap agentligiga asosan xabar bermoqda.

Ushbu cheklov 1 yanvardan kuchga kiradi va 11 ming supermarket, 2 ming autlet magazinlarga tegishli bo‘ladi. Endi xaridorlarga plastik paketlar o‘rniga qog‘oz yoki matodan tayyorlangan paketlar taklif qilinadi.

Plastik paketlardan faqat go‘sht yoki baliq mahsulotlarini o‘rash uchun ruxsat beriladi. Mazkur qoidani buzganlik uchun do‘konlar 3 million von (2,6 ming dollar atrofida) jarimaga tortiladi, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, plastik paketdan o‘rtacha foylanish vaqti 10 daqiqani tashkil qiladi, ya’ni xaridlani magazindan uyga olib kelguncha. Shundan so‘ng u musorga aylanadi. Plastik paketning chirib ketish vaqti 50 yildan 500 yilgacha bo‘lgan tufayli u Yer shari ekolgiyasiga hamda suv va quruqlikda yashayotgan tirik jonzotlar hayotiga ulkan xavf tug‘diradi.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlari plastik paketlardan foydalanishdan bosqima-bosqich voz kechmoqda. Masalan Fransiyada plastik paketlardan foydalanish mutlaq ta’qiqlangan. Britaniyada 2015 yildan boshlab har bir ishlab chiqarilgan plastik paket uchun 5 sent soliq kiritilgan.

Evropa mamlakatlarida ham odam boshiga ishlab chiqarilayotgan plastik paketlar sonini yil sayin qisqartirib borish rejasi qabul qilingan. Unga ko‘ra 2019 yilda bir kishiga 90ta paket, 2025 yilga kelib 40 tagacha tushirish rejelashtirilgan.

Rossiyada ham EKA - yashillar harakati plastik paketlardan foydalanishni qisqartirish maqsadida kurash olib bormoqda. Shu tufayli 3 yil oldin supermarketlarda plastik paketlarni bepul tarqatish ta’qiqlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!