Yangi o‘quv yilidan o‘g‘il-qizlarga jismoniy tarbiya darsi alohida o‘tkaziladi

Yangi o‘quv yilidan o‘g‘il-qizlarga jismoniy tarbiya darsi alohida o‘tkaziladi

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab Qozog‘istonda jismoniy tarbiya va texnologiya fanlarida qizlar hamda o‘g‘il bolalar alohida o‘qitiladi. Bu haqda Ta’lim va fan vazirligining Maktabgacha va o‘rta ta’lim qo‘mitasi raisi ma’lum qildi.

"Kelgusi o‘quv yili uchun ta’lim va tarbiya bo‘yicha o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. U joriy o‘quv yili oxirigacha maktablarga yetkazib beriladi. Yangi o‘quv dasturi maktabgacha yoshdagi bolalar xavfsizligini ta’minlash va o‘quv jarayoni sifatini oshirishga qaratilgan talablar bilan to‘ldirildi. Alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashni psixologik-pedagogik me’yorlar asosida tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun maxsus kvota joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda'', — dedi Gulmira Karimova Xalq ta’limi vazirligi yig‘ilishida.

Texnologiya va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda o‘g‘il-qizlarni sinf kattaligidan qat’i nazar guruhlarga bo‘lish qoidasi joriy etiladi.

Avvalroq vazir Asxat Aymag‘ambetov «Oltin belgi»ga nomzod Milliy yagona testda past ball to‘plagan taqdirda maktab ma’muriyati javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirgan edi.

Bundan tashqari, bu yil Milliy yagona testda alohida ehtiyojli bolalar uchun qo‘shimcha vaqt ajratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!