Yangi  turdagi pishloq yaratildi. Unga "Karantin" nomi berilgan

Yangi  turdagi pishloq yaratildi. Unga "Karantin" nomi berilgan

Koronavirus pandemiyasi davrida fransiyalik pishloq ishlab chiqaruvchilar oilasi tasodifan yangi pishloq turini yaratishdi.  Mahsulotga "Karantin" nomi berilgan.

Lionel va Laura karantin davrida uyda o‘tirib qolishadi. Bu vaqtda yerto‘lada sotilmay qolgan pishloqlar soni 60 taga yetib, ularning  biznesi zararga kira boshlaydi. Oqibatda juftlik tushkunlikka tushib, yerto‘ladagi  pishloqlardan xabar olmay qo‘yadi.

Bir oydan so‘ng yerto‘laga tushgan juftlik  o‘sha pishloqlardan yangi turdagi mahsulot yaralganiga guvohi bo‘lishgan. Bu ustini mog‘or qoplagan va mutlaqo o‘zgacha ta’mga ega pishloq  edi. 

Bugungi kunda Lionel va Laura boshqa turdagi  pishloqlarni ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatgan va faqat  "Karantin" pishlog‘ini tayyorlashmoqda. Bunga yangi turdagi pishloqqa talab keskin  oshgani  sabab  bo‘ldi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!