Yana bir kompaniya koronavirus vaksinasini ishlab chiqarishni boshladi

Yana bir kompaniya koronavirus vaksinasini ishlab chiqarishni boshladi

Dori ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan Irlandiyaning Endo kompaniyasi "Novavax Inc."ning tajribalardan o‘tkazilayotgan koronavirus vaksinasini ishlab chiqarishni boshladi. Kompaniya bu haqda juma kuni ma’lum qildi va shundan keyin uning aksiyalari narxi 10 foizga ko‘tarildi.

Bundan bir kun oldin Novavax Inc. kompaniyasi o‘zining koronavirusga qarshi ishlab chiqayotgan NVX-CoV2373 nomli vaksinasi Britaniyada sinovlarning oxirgi uchinchi bosqichiga yetib kelganini ma’lum qilgandi.

Endodagilarning aytishicha, u Novavax Inc. bilan vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Lekin, bu shartnomaning qiymati va u haqdagi boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmagan.

NVX-CoV2373 vaksinasi hozirda yana ikki mamlakatda sinovlarning ikkinchi bosqichidan o‘tkazilmoqda. Bu bosqich sinovlari avgustda boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!