Yana bir harbiy Rossiya foydasiga josuslikda gumonlanmoqda

Yana bir harbiy Rossiya foydasiga josuslikda gumonlanmoqda

Avstriya hokimiyati davlat sirini Rossiya tomoniga oshkor qilishda gumonlanayotgan yana bir shaxs ustidan tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda, deb yozadi Interfax.

Kronen Zeitung gazetasi xabar qilishicha, u — Konstitusiyani himoya qilish va terrorizmga qarshi kurashish Federal idorasi (kontrrazvedka) xodimidir.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu idora ofisida ilgariroq keng miqyosli tintuv o‘tkazilgan. Bundan tashqari, gumonlanuvchi yashaydigan manzilda ham tergovoldi tadbirlari bo‘lib o‘tgan.

Avstriya qonunchiligiga ko‘ra, davlat siri mavjud bo‘gan axborotni oshkor qilish uchun 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Avstriyada 9 noyabr kuni uzoq yillardan buyon Rossiya foydasiga josuslik qilib kelgan avstriyalik iste’fodagi polkovnika qo‘lga olingandi. U Rossiya harbiy razvedkasiga migrasiya inqirozi, Avstriya harbiy aviasiyasi va artilleriya tizimlari haqidagi axborotni, shuningdek, avstriyalik ko‘plab yuqori mansabli harbiylar haqidagi batafsil ma’lumotlarni uzatgani ma’lum bo‘lgan.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, u Rossiyaga NATO haqidagi ma’lumotlarni ham yetkazib turgan. 

Avstriya mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, josus aybiga iqror bo‘lgan. Ayni vaqtda 70 yoshli polkovnik hibsda saqlanmoqda, u 10 yilga qamalishi mumkin.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!