Yaman xusiylari Isroilning zarbalariga javoban Eylatga qarata o‘t ochdi

Yaman xusiylari Isroilning zarbalariga javoban Eylatga qarata o‘t ochdi

Isroil havo mudofaasi yakshanba kuni Yamandan uchirilgan raketani tutib oldi, deb xabar beradi BBC.

Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati xabar berdi. Yamandagi xusiy isyonchilar Isroilning Qizil dengiz bo‘yidagi Eylat kurortiga bir necha raketa hujumi uyushtirganini e’lon qildi.

Bir kun avval Isroil xusiylar harakati nazoratidagi Yaman portiga havo hujumi uyushtirgan edi.

Isroil bosh vaziri havo hujumlarini avvalgi hujumga javob deb atadi.

Isroil harbiylari o‘zining Arrow 3 mudofaa tizimi raketani Isroil havo hududiga kirmasdan oldin urib tushirganini aytdi. Bundan oldin Eylatda havo hujumi haqida ogohlantirish yangradi va aholini bombapanaga yashirinishga majbur qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!