Yaman virus tufayli kelib chiqadigan ochlikdan eng ko‘p aziyat chekadigan mamlakat bo‘lishi mumkin

Yaman virus tufayli kelib chiqadigan ochlikdan eng ko‘p aziyat chekadigan mamlakat bo‘lishi mumkin

Kambag‘allikka qarshi kurashda dunyoning 90 dan ortiq mamlakatida faoliyat olib boruvchi Oxfam tashkiloti Yaman va Suriyani koronavirus pandemiyasi davrida yuzaga keluvchi ochlikdan eng ko‘p aziyat chekadigan mamlakatlar qatoriga kiritdi.

Oxfam bu haqda o‘zining “Ochlik virusi: COVID-19 qanday qilib dunyoda ochlikni keltirib chiqarmoqda” deb nomlangan bayonotida xabar bergan.

Ushbu xabarda aytilishicha, Yaman koronavirus tufayli yuzaga keladigan ochlikdan eng ko‘p zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan mamlakat bo‘lib, bu davlatdagi 15.9 million kishi ochlikka duchor bo‘lishi mumkin. Bu aholinining 53 foizi ovqatsiz qolishi mumkinligini anglatadi.

Shuningdek, ushbu xabarda urushlar Yamanning infratuzilmasiga va oziq-ovqat ishlab chiqarish hamda uni import qilish qobiliyatiga qanday ta’sir o‘tkazgani bayon qilingan.

Fors ko‘rfazidagi koronavirus tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy pasayish va neft narxining misli ko‘rilmagan darajada tushishi ham Yamanga jiddiy ta’sir o‘tkazdi.

2020 yilning dastlabki to‘rt oyi mobaynida Yamanga qo‘shni davlatlardan xayriya sifatida keladigan moddiy yordam 80 foizga kamaydi.

Pandemiyadan oldin ham 90 foiz oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib oluvchi Yamanda mart oyida oziq-ovqat importi 43 foizga, aprel oyida esa 39 foizga kamaygan.

Shuningdek, Oxfam xabarida aytilishicha, Yamanda iyun oyida 900 dan ortiq odamning koronavirusga chalingani va 250 dan ortiq o‘lim hollari qayd etilgan.

Lekin, Yamanning sog‘liqni saqlash tizimi yaxshi eamsligi bois kasallanganlar va o‘lganlar soni bundan ko‘p bo‘lgani aytilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!