“Yalla” guruhi sharafiga shu nomdagi bolalar musiqa maktabi tashkil etiladi

“Yalla” guruhi sharafiga shu nomdagi bolalar musiqa maktabi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yalla” estrada vokal – cholg‘u ansambli ijro uslubini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Qarori loyihasiga ko‘ra, Toshkent shahridagi 22-son bolalar musiqa va san’at maktabi negizida “Yalla” estrada vokal – cholg‘u ansambli ijro uslubidagi bolalar musiqa maktabi va studiyasini tashkil etish nazarda tutilmoqda.

“Yalla” ansambli ijro uslubidagi bolalar musiqa maktabi va studiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

Iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning iste’dodini rivojlantirish, ularga milliy estrada san’ati bo‘yicha ta’lim berish hamda taalluqli o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish;

O‘quvchilarning tegishli sohada bilim olishlari va ijodiy salohiyatlarini oshirib borishlari uchun qulay sharoitlar yaratish;

Milliy estrada san’atini o‘zbek an’anaviy ijrochilik uslublari bilan hamohang tarzda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan holda rivojlantirish;

Yoshlarni ona Vatanga muhabbat, milliy an’analarga sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy estrada ijrochiligi bo‘yicha iste’dodli yosh ijodkorlarning kasbiy va ma’naviy kamol topishi va o‘z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoit yaratish;

Zamonaviy o‘quv-pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda o‘quv-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash, ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda yangi o‘qitish uslublarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!