Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali MIBdagi qarzdorlikni tekshiring va...

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali MIBdagi qarzdorlikni tekshiring va...

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha davlat interaktiv xizmati ishga tushirildi. Bu haqda YAIDXP matbuot xizmati xabar berdi.

Majburiy ijro byurosiga jo‘natilgan qarzlar to‘g‘risida ma’lumotni bilish uchun YAIDXP saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda «Fuqarolik» bo‘limida «Ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish» xizmatiga o‘tish va «Xizmatdan foydalanish» tugmasini bosish kerak bo‘ladi yoki «qarz», «MIB», «qarzdorlik» kalit so‘zlarini kiritib, saytning qulay qidirish tugmasidan foydalanish lozim.

Shundan so‘ng bir necha soniya ichida ijro hujjatlari haqida umumiy ma’lumotlar taqdim etiladi.

Ijro hujjatiga qarz miqdori, ijro etuvchi ish yuritish raqami, ijro hujjatining mazmuni, byuro bo‘linmasining nomi va uning mas’ul xodimining telefon raqami kiradi va ular orqali qiziqtirgan ma’lumotni aniqlab olish mumkin.

Ushbu xizmat qarzdorlik tufayli chet elga chiqishni taqiqlash yoki kompensasiya sifatida mol-mulkni tortib olish kabi kutilmagan vaziyatlarning oldini olishga yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!