Xorazmda talabaning o‘qishini ko‘chirib berishni uchun 1 500 AQSh dollar olgan firibgar aniqlandi

Xorazmda talabaning o‘qishini ko‘chirib berishni uchun 1 500 AQSh dollar olgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A” MCHJ menejeri I.M., Qozog‘iston Respublikasi universitetining 2-kurs talabasi M.ning ishonchiga kirib, uning o‘qishini Qoraqalpoq davlat universitetiga ko‘chirishda amaliy yordam berishini aytib, evaziga 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida I.M. talabadan olgan pullari hisobidan 1 100 AQSh dollarini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!