Xonanda Lola: "Atrofga qarang. Hamma joyda axlat"

Xonanda Lola: "Atrofga qarang. Hamma joyda axlat"

Xonanda Lola instagramda yangi tashabbusga qo‘l urdi.

«Xayrli kun! Har birimiz 1 kg atrofida axlat hosil qilib, chiqarib tashlaydigan kun. Ya’ni, birgina Toshkentning o‘zi bugun ikki yarim MILLION kg axlat chiqaradi.

 Atrofingizga qarang. Yo‘laklar atrofida to‘la paketlar, qog‘oz o‘ram va bo‘sh qutilar bilan to‘lgan ariqlar, plastik bilan liq to‘la daryo va kanallar. Va keyin, zanjir bo‘ylab, ularning natijasida halok bo‘ladigan qush va hayvonlar. Zanjirning oxirida esa – shu daryolardan suv ichadigan o‘zimiz.

Ekologiyani ifloslantirish global muammosi bugun har qachongidan dolzarb bo‘lib turibdi.

Atrofimiz tozaroq bo‘lishi uchun siz nima qila olasiz? ‍

Keling, ekologiya himoyasida birga turamiz. Men bilan birga atrof-muhit ifloslantirilishiga qarshi chiqing», deb yozadi xonanda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!