Xlorli suv koronavirusni yarim daqiqada o‘ldiradi

Xlorli suv koronavirusni yarim daqiqada o‘ldiradi

Londonning Imperial kolleji virusologlari xlor konsentrasiyasi turli xil bo‘lgan suvlarni solishtirib, bu eritmalarning koronavirusga ta’sirini o‘rganishdi.

Tadqiqot doirasida ular basseynda suzish orqali koronavirus yuqtirib olishdan qo‘rqmaslik kerakligini e’lon qilishdi.

Xlorli suv koronavirusni yarim daqiqada o‘ldiradi, shuning uchun suvda suzib kasallik yuqtirib olish xavfi juda past. Bir litr suvdagi xlor darajasi 1.5 mg, vodorod ko‘rsatkichi – rN 7-7.2 daraja bo‘lishi koronavirusning yuqumliligini 30 soniyada 1 000 martaga kamaytiradi.

“Bu ma’lumotlar suzish basseynida virus yuqtirib olish darajasi yuqori emasligini ko‘rsatadi”, – deydi Swim England ijrochi direktori Jeyn Nikerson.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!