Xivada elektr tarmoqlari korxonasi va bank xodimlaridan iborat jinoiy guruh fosh etildi

A A A
Xivada elektr tarmoqlari korxonasi va bank xodimlaridan iborat jinoiy guruh fosh etildi

Xiva tumani elektr tarmoqlari korxonasi, «Xalq banki"ning ushbu tuman filiali va boshqa sub’ektlarida faoliyat ko‘rsatgan bir guruh shaxslar huquqni muhofaza qi­luvchi idora xodimlarining tezkor say’-harakatlari bi­lan ushlandi va 24 nafar qo­nunbuzar sud javobgarligiga tortildi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi raisining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Bakdurdiyev «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Bu jinoiy to‘dani «Xalq banki"ning tuman filialida kassir vazifasida ishlagan (1990 yili tug‘ilgan) Qudrat Yunusov boshqargan. Jinoiy guruh tarkibidan tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari, ishchi, hatto sartaroshlar, guruh yetakchisidan 20−30 yosh katta bo‘lgan shaxs­lar ham o‘rin olgan.

Mazkur jinoiy qilmish 2016 yilning ilk ku­ni ikkita manbadan tuman elektr ta’minoti korxonasiga aslida kelib tushmagan 6 million 595 ming so‘m pulni «kirim» qilishdan boshlangan va to 2017 yilning kuz oylarigacha xufyona davom etgan. O‘sha kuni dast­labki qo‘sh «tadbir» bank kassiri Q. Yunusov va behisob boylikning daragini eshitib, tinchini yo‘qotgan elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi Shuhrat Sultonov, korxonada yetakchi hisobchi vazifasida ishlagan Faxriddin Mahmudov, hisobchi Shodlik Sobirov, operator Jaloliddin Aniyozov, elektr payvandchi Rashidbek Madrimov ishtirokida silliqqina amalga oshdi.

Korxonaga kelib tushayotgan pullarni maxsus «kalit» — kod orqali kirim qilish vazifasini ado etayotgan SH. Sultonov va U. Allanazarov kassir Q. Yunusovning iltimosini yerda qoldirishmadi. Ma’lum va’da evaziga bank va korxona sirini kafolotlovchi o‘sha «kalit» — kod raqamini hech ikkilanmay unga oshkor etishdi. Natijada korxonaga kelib tushmagan 6 million 595 ming so‘m, elektr energiyasi iste’molchilari ro‘yxatidagi 17 nafar fuqaro hisobiga yozildi. Ular tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi evaziga topshirilgan pul esa, o‘rtada «arra» qilindi. Ozgina miqdor pul evaziga katta hajmdagi qarz­dorlikni bartaraf etishga qaratilgan taklif fuqarolar tomonidan xayrixohlik bilan qabul qilingani uyushgan guruh a’zolari uchun ayni muddao bo‘ldi.

Ishlar qizigandan-qizidi, yurishgandan-yurishdi. Oz emas, naq 884 marotaba qayd qilingan jinoiy holatlar asnosida davlat g‘aznasiga kirim qilinishi zarur bo‘lgan 1 milliard 445 million so‘m guruh a’zolarining «xufya cho‘ntagi"dan joy oldi. Qadimiy shahar va tumandagi o‘n­larcha korxona-tashkilotlar, bank muassasalaridan aslida kelib tushmagan yuzlarcha million so‘m­ni ifoda etuvchi pullar maxsus kodlar yordamida elektr ta’minoti korxonasi joriy hisob raqamiga kirim qilindi va fuqarolarning oz miqdordagi to‘lovi evaziga katta miqdordagi qarz­dor­li­gini bartaraf etishga xizmat qildi.

Oradan kechayotgan kunlar va oylar mobaynida elektr ta’minoti korxonasiga kelib tushayotgan milliardlarcha mablag‘ning «cho‘g‘i» so‘nayotgani, daromaddan baraka qochayotgani, mutasaddilar qancha urinishsa-da, jamoaning biri ikkiga bo‘lmayotgani ma’lum bo‘lib bordi va bu hol so­liq or­gani e’tiborini o‘zi­ga tort­di.

Korxonada ro‘y bergan yirik o‘pirilish o‘tgan yil kuz chog‘i boshlangan taftish tadbirlarining ilk pallasidayoq oshkor bo‘ldi. Fakt­lar 2016 yilning yanvaridan 2017 yilning oktyabr oyi­gacha jami 884 ta holatda sodir etilgan jinoiy qilmishlarning barchasida «Xalq banki"ning korxonadagi shaxobchasida kassir vazifasida ishlagan Q. Yunusovning qo‘li borligi, amalga oshirilgan pul tushirish va «yuvish» operasiyalarining hammasi uning faol ishtiroki va norasmiy rahbarligi ostida kechganini ko‘rsatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ustomon g‘aznachi o‘zlashtirish va talon-toroj qilish yo‘li bilan mo‘may boylik orttirishga qaratilgan davomli jinoyatlarni gohida u, gohida bu, gohida yana birovi, boshqa gal yana bir hamtovog‘ining faol ko‘magida amalga oshirgan. Olib borilgan taftish va tergov harakatlari oz emas, naq 536 ta holatda o‘zlashtirilgan salkam 677 million so‘m Q. Yunusov, SH. Sultonov, SH. Sobirov, J. Aniyozovlarning «g‘aroyib o‘yini» natijasi bo‘lganini ko‘rsatdi. Ushbu davomli tadbir asnosida naqd 3 993 nafar fuqaroning ko‘p miqdordagi qarzi arzimas hajmdagi to‘lov eva­ziga pinhona tarzda bartaraf etilgan. Natija esa, chakkimas: naqd 677 million so‘m jinoyatchilarning cho‘ntagiga oqib kirgan.

Jinoiy gu­ruh ho­miysi boshqa bir «g‘aroyib tadbir"ni energiya ta’minoti korxonasi hisobchilari, kodlangan maxsus kalit egalari: F. Mahmudov va SH. Sobirov bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirib borgan. Buning oqibatida 1 086 nafar iste’molchi oz miqdordagi to‘lov hisobiga katta miqdordagi qarzidan xalos etilgan. Bu ish 328 ta nojo‘ya holat asnosida ro‘yobga chiqadi. Q. Yunusov jami 20 ta jinoiy holatni o‘zida jam etgan va 19,5 million so‘m miqdoridagi pulni o‘zlashtirish hamda talon-toroj qilishga olib kelgan boshqa bir jinoiy rejani esa, sherigi J. Aniyozov bilan hamkorlikda amalga oshirgan va bu jarayonda yana 143 nafar fuqaroga «xolis xizmat» ko‘rsatilgan.

Fakt va dalillar bunday qing‘irliklarda korxona rahbari Rashid Nurullayevning korxonada ro‘y bergan aksariyat qing‘irlik va o‘g‘irliklar uning ko‘z o‘ngida, yanada achinarlisi, faol ishtiroki, shaxsiy boylik ilinjidagi «xurmacha qi­liq"­lari oqibatida yuz berganligini ko‘rsatdi. U amalini suiste’mol qilgan holda o‘ziga bo‘ysunadigan shaxs­lar: yetakchi hi­sobchi F. Mahmudov, muhandis SH. Sultonov, operator J. Aniyozov tomonidan qo‘shqo‘llab tutqazilgan naqd 35 million so‘mni korxonaga kelgan mehmonlarga sarf-xarajat qildim, degan bahonada o‘z «jig‘ildoni"ga joylab qo‘ya qoldi.

Tergov harakatlari bu safda ancha yuqo­ri va nufuzli tashkilot — Xorazm Hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyati energiya sotish va uning hisobini yuritish sektori boshlig‘i Sardor Yusupov ham ancha «faollik» ko‘rsatganini isbotladi.

Aniqlangan fakt­larga qaraganda, mas’ul lavozimli bu shaxs tuman elektr ta’minoti korxonasidagi kimsalarning «hotamtoyligi» tufayli 7 million 400 ming so‘m va 200 AQSh dollarini o‘zlashtirgan.

Aslida yo‘q pullarni korxonaga kirim qilish, o‘zlashtirish, maxsus kalitlar yordamida maxfiy raqamlarni bemalol oshkor etishdek jinoiy ishga berilgan kimsalar payti kelganida o‘zlariga sherik izlab topish va jarayonga jalb etishga kirishdilar. Iste’molchilardan pul undirish va uni davlat g‘aznasiga joylashdek mas’uliyatli vazifaga aslo daxli bo‘lmagan qator shaxslar, chunonchi, ushbu korxonada nazoratchi, elektromontyor vazifalarida ishlagan Shixnazar Ollanazarov, Muborak Ahmedova, Arslonbek Matchonov, Mahmudbek Matyoqubov, Yodgor Masharipov, Hasanboy Masharipov, Otabek Rustamov, Mahkambek Samandarov, elektromontajchi Mansurbek Safoyev, Xiva shahridagi Turizm kasb-hu­nar kolleji hisobchisi Anvarbek Sobirov, shahardagi 121-sonli ko‘zi ojizlar maktab-internati bosh hisobchisi Ravshan Solayev, Tibbiyot kolleji bosh hisobchisi Hur­­­mat Yusupov, «Mikrokreditbank"ning shahar filiali g‘aznachisi Sardorbek Xo‘­jayev, «Kapital­bank"­ning «Ichon qal’a» shahobchasi mutaxassisi Sanjar Yusupov, sartarosh Jumanazar Jumaniyozovlar ham bu jinoyatga bosh qo‘shgan. Ozgina to‘lov evaziga katta miqdordagi qarzdorlikdan qutulish payida yurgan bir qator fuqarolar puch va’dalar, avrash, aldash, ishontirishga qa­ratilgan «targ‘ibot-tashviqot"lar ta’sirida hamtovoqlar tomonidan qo‘­yilgan tuzoqqa tushib qolganini o‘zlari ham sezmagandek tuyuladi.

Sud va tergov jarayoni ayblanuvchilardan SH. Sul­­tonov, R. Solayev, H. Yusupov, R. Nurullayev, S. Yusupovning ishi avval ham sudga tushgani, javobgarlik va jazoga ro‘para bo‘lishgani, boshqalarni esa, bunday chohga elektr ta’minoti korxonasi va nomi zikr etilgan idora, tashkilot, muassasalarda yuzaga kelgan nosog‘lom ma’naviy-axloqiy muhit yetaklab kelganini ro‘y-rost ko‘rsatdi. Guruh rahnamosi Q. Yunusov esa, xalq va davlatning behisob boyligini talon-toroj qilish, o‘z­lashtirish hisobiga bir yo‘la ikkita «Neksiya» avtomashinasini sotib olgani va ularni o‘z yaqinlari nomiga rasmiylashtirgani sud jarayonida qayd etib o‘tildi.

Sudda uyushgan jinoiy guruhning qilmishlariga qonuniy, adolatli va xolis baho berildi. Jazoning muqarrarligi ta’minlandi. O‘zgalarning halol oshiga ko‘z tikkan, qo‘l cho‘zganlar haqli va mantiqiy ravishda el nafrati, qonun so‘rovi, pirovardida esa, adolatli jazoga ro‘­para keldilar.

Tergov organi tomonidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 167−205−209−228−243-moddalari qator bandlari bo‘yicha qo‘­yilgan ayblarning deyarli barchasi sudda o‘z tasdig‘ini topdi. Aksariyat sudlanuvchilar korxonada yuz bergan qilmishning oqibati va asoratini yaqqol il­g‘ab, aybini chin ko‘ngildan tan oldilar, unga astoydil pushaymonlik bildirdilar. Korxonaga va davlat g‘aznasiga yetkazilgan 1 milliard 445 million so‘mlik iqtisodiy ziyonning 902 million so‘mi sud va tergov jarayonida solidar tartibda qoplangani ushbu iq­rorlikning ifodasi bo‘ldi. Sud qoplanmay qolayotgan 542 million so‘mni solidar tartibda undirish bo‘yicha mahkum Q. Yunusov, SH. Sobirov, J. Aniyozov, SH. Sultonov, F. Mahmudovlar zimmasiga yukladi. Yetkazilgan moliyaviy ziyonnning asosiy qismi shu paytgacha sudlanuvchilar tomonidan qoplangani, qilmishga astoydil pushaymonlik bildirilgani, ularning oilaviy shart-sharoitlari va berilgan tavsifnomalar jazoni jiddiy ravishda yengillatuvchi holat sifatida e’tirof etildi. Aksariyat qilmishlar birmuncha jiddiy jazo choralarini taqozo qil­sa-da, sudlanuvchilarning deyarli bari bunday og‘ir qismatdan xoli qoldirildi.

Ozodlikdan mahrum qilishga qaratilgan oz muddatli jazo choralari jinoiy to‘da yetakchilari sifatida e’tirof qilingan Qudrat Yunusov, Shuhrat Sultonov, Shodlik Sobirov, Jaloliddin Aniyozovgagina qo‘llanildi. Faxriddin Mahmudov, Ulug‘bek Allazarov, Rashidbek Madrimov, Sardorbek Xo‘jayev, Rashid Nurullayev, Sanjar Yusupovlar oylik maoshning muayyan qismini ushlab qolgan holda axloq tuzatish ishlariga jalb qilindi. Eng kam oylik ish haqining 10 dan 30 baravarigacha bo‘lgan miqdordagi jarima jazosi SH. Ollanazarov, M. Ahmedova, A. Matchonov, M. Matyoqubov, YO. Masharipov, H. Masharipov, O. Rustamov, A. Sobirov, R. Solayev, M. Samandarov, M. Safoyev, S. Yusupov, J. Jumaniyozov, H. Yusupovlarga nisbatan qo‘llanildi. Shuningdek, sudlanuvchilar muayyan muddatgacha mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qi­lindi.

Qudrat Yunusov, Shuhrat Sultonov, Jaloliddin Aniyozov, Shodlik Sobirov dast­labki bosqich sudining hukmidan so‘ng o‘zlari tomonidan yetkazilgan zararning o‘rni to‘la qoplanganini ma’lum qildilar. Bu holat prokuratura organining e’tiborini tortdi. Viloyat prokurori o‘rinbosari sudga protest bilan murojaat qilib, zarar bartaraf etilgani munosabati bilan mahkumlarga nisbatan qo‘llanilgan jazo chorasini yengillashtirishni so‘radi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi ham aynan shu mazmundagi kafolat xatini yo‘lladi. Yuzaga kelgan bu holat appelyasiya bosqich sudida jiddiy va mufassal muhokama etildi. Uning yakunida mahkum Qudrat Yunusovga nisbatan Jinoyat kodeksining bir muncha yengil jazo tayinlashni ko‘zda tutuvchi 57-moddasini qo‘llash maqsadga muvofiq, deb topildi. Natijada unga nisbatan 2 yilu 11 oydan iborat ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Mahkumlardan SH. Sultonov, J. Aniyozov, SH. Sobirovlarni ozodlikdan mahrum etish haqida avval chiqarilgan sud hukmlari esa, ish haqining muayyan qismini ushlab qolgan holda tegishli muddatga ax­loq tuzatish ishlari jazosiga almashtirildi. Muqaddam ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga tortilgan boshqa bir mahkum — H. Yusupovning jazodan butunlay ozod etish haqidagi arizasi esa, asossiz, deb to­pildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.