Xitoylik qiz ukasini qutqarish uchun universitetdan voz kechdi

Xitoylik qiz ukasini qutqarish uchun universitetdan voz kechdi

Xitoyning Lyunyungan shahrida istiqomat qiladigan 18 yoshli Li Szi universitetga kirish imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Ukasi esa og‘ir kasaldan aziyat chekayotgan va ilik translantasiyasiga ehtiyoj bor edi.

Xabar.uz ga ko‘ra, bolaga donorlik qilish uchun na ona va na otaning iligi to‘g‘ri keldi. Faqat opasi donor bo‘lishiga to‘g‘ri keldi. Bunday holatda Li Szi universitetdan bir yilga voz kechishiga to‘g‘ri kelardi. Qiz ikkilanmay o‘qishidan voz kechdi.

Men bir yildan keyin ham o‘qishga kirishim mumkin. Ukam esa kuta olmaydi , dedi qizcha. Operasiya mart oyida bo‘lib o‘tdi. Oila operasiya uchun qarz olishiga to‘g‘ri keldi. Hozirda hammasi yaxshi, bolaning sog‘ligiga xavf yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!