Xitoyda zilzila natijasida 200 tonnadan ziyod «bayszyu» spirtli ichimligi sizib chiqdi

Xitoyda zilzila natijasida 200 tonnadan ziyod «bayszyu» spirtli ichimligi sizib chiqdi

Qayd etilishicha, zilzila oqibatida shu turdagi ichimlik saqlanadigan omborga zarar yetgan. Oqibatda ichimlik saqlanadigan 170 dan ortiq chinni idish cingan. Spirtli ichimliklar to‘kilishini bartaraf etish uchun qutqaruv xizmatining 55 nafar xodimi va 9 ta o‘t o‘chirish mashinasi jalb qilingan.

Ombor atrofiga kuchli spirt hidi tarqalgan. Zilzila 6 ballik bo‘lgani ta’kidlangan. Hodisa oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, hududdagi bir nechta uy qulab tushgan va o‘nlab odamlar jarohat olgan.

https://www.scmp.com/news/china/politics/article/3148919/earthquake-shakes-chinas-sichuan-province-killing-2-and?module=perpetual_scroll&pgtype=article&campaign=3148919


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!